Kristina Rustamova — o‘zbek kino aktrisasi. U "Orzular Palatasi" teleserialidagi roli hamda G'aybulla Tursunovning “Janona” nomli qo‘shig‘i uchun ishlangan klip orqali keng ommaga tanilgan.
Faoliyati
Kristina Rustamova aktrisalik faoliyatini 2016-yilda xonanda Sanjar Halikovning “Erkatoyim” musiqiy klipidagi roli bilan boshlagan. Keyinchalik u bloger va rejissyor Bobur Mansurov tomonidan Sevimli TV kanali uchun suratga olingan "Orzular Palatasi" teleserialida “Laylo” obrazini ijro etgan. Aynan shu rol unga tomoshabinlar orasida katta mashhurlik olib kelgan.
2023-yilda Kristina “Laylo” obrazini "Qaqnus" serialida gavdalantirdi. Ushbu serial Milliy TV kanali uchun suratga olingan.
Shuningdek, u Benom guruhi tomonidan sur'atga olingan “Dardim Tingla Osmon” nomli kino-konsert filmida bosh qahramon — “Shirin” rolini ijro etgan.
Kristina Rustamova kino va teleseriallardan tashqari, ko‘plab mashhur xonandalar kliplarida ham bosh rollarni ijro etgan. U ishtirok etgan musiqiy kliplar YouTube’da yuz millionlab tomoshalarni yig‘gan bo‘lib, bu uning ijodiga bo‘lgan katta qiziqishni ko‘rsatadi.